Begmurod Akbarov Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi. G‘ayratjon Hamroyev esa Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi bo‘ldi.
Begmurod Miryakubovich Akbarov Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi. Begmurod Akbarov 1984-yilda tug‘ilgan, 2005-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2015-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog, davlat va jamiyat boshqaruvi.
U shu kunga qadar Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining Sirdaryo viloyati böyicha loyiha ofisi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha hokimlikni 2025-yil 27-fevraldan buyon Abduraxim Umarov boshqarib kelayotgandi.
G‘ayratjon Sultonovich Hamroyev Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi, deya ma’lum qildi viloyat hokimligi. G‘ayratjon Hamroyev 1985-yil Kasbi tumanida tug‘ilgan, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti va Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Faoliyati davomida u Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida ham ishlagan. Tayinlovga qadar Hamroyev viloyat hokimligida sho‘’ba mudiri lavozimida ishlab kelayotgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112312 | Инструменты