Kelasi yil oylik maoshlar qanchaga oshadi? Moliya ekspertlari yangi kutilmalarni e’lon qildi

2026-yilning oktabr oyida oʻtkazilgan soʻrov natijalari moliya sohasi ekspertlarining inflyatsiya boʻyicha kutilmalari biroz oshganini koʻrsatmoqda. Bu haqda Markaziy Bank axborot xizmati yozmoqda.

Kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalar 6,6% ni (sentabrda - 6,3%), kelgusi 3 yil uchun kutilmalar esa 5,3% ni (5,2%) tashkil etdi.

Ekspertlarning 50 foizi (sentabrda - 55%) inflyatsiyaning 5% lik maqsadli koʻrsatkichiga 2027–2028-yillarda erishilishini kutmoqda. Ekspertlarning 89 foizi (sentabrda - 84%) Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishidan soʻng asosiy stavkaning yillik 14% darajasida saqlab qolinishini kutmoqda. Kelgusi 12 oydan soʻng esa 13,2% darajasida boʻlishi kutilmoqda.

Ekspertlar real YaIM oʻsishini joriy yilda 7,1%, kelgusi yilda 6,7%, nominal ish haqi oʻsishini esa mos ravishda 14 va 13,3% darajasida baholamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112313 | Инструменты