Telegram'da Soliq qoʻmitasi nomidan yuritilayotgan sohta 50 ga yaqin guruh, kanal hamda botlar aniqlandi

Telegram'da Soliq qoʻmitasi nomidan faoliyat yuritayotgan kiberfiribgarlarga tegishli 50 ga yaqin yopiq va ochiq guruh, kanal hamda bot aniqlandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Qoʻmita Kiberxavfsizlik xizmati oʻtkazgan monitoring davomida aniqlangan mazkur resurslar orqali foydalanuvchilarga soxta takliflar berilayotgani bilgan.

Xususan, firibgarlar keshbek cheklarini sotishga urinishi, pul evaziga ijara shartnomalarini rasmiylashtirishni taklif qilishi, “keshbek orqali pul ishlang” mazmunidagi referal aksiyalarni tarqatishi aniqlangan. Shuningdek, ular qoʻmita nomidan turli xabarlar va xavfli ilovalarni tarqatgan.

Aniqlangan resurslar orasida soliquz_chek_kesʼhbek, SoliqUz_kesʼhbeklar, Soliqmobilxizmati, SoliqUzbDavlat_bot va kesʼhbek_soliqbot kabi nomlar bor.

Qayd etilishicha, holatlar yuzasidan Soliq qoʻmitasi Kiberxavfsizlik xizmati Telegram’ning texnik qoʻllab-quvvatlash xizmatiga rasmiy murojaat yuborgan.

Qoʻmita fuqarolarni norasmiy kanal va guruhlarga qoʻshilmaslik, ulardagi havolalarni ochmaslik hamda bunday manbalardan olingan ilovalarni qurilmalarga oʻrnatmaslikka chaqirmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112312 | Инструменты