Huawei 1
Abbosbek Fayzullayev — “Yilning eng yaxshi futbolchisi”: O‘zbek futbolining 2024-yildagi eng yaxshilari taqdirlandi

14-dekabr kuni joriy yilgi futbol mavsumining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

“Futbolimiz nuroniysi”

Futbolimiz faxriysi, murabbiy sifatida 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 9 karra kumush medali sohibi, 2 karra Oʻzbekiston kubogi gʻolibi, Fargʻonaning Neftchi jamoasi afsonasi, ayni kunlarda muborak 77 yoshni qarshi olgan Yuriy Sarkisyanga “Futbolimiz nuroniysi” sovrini topshirildi.

“Fidoyilik ramzi”

58 yil davomida Buxoro viloyati bolalar va oʻsmirlar futbolida jonkuyarlik bilan ishlab, minglab yosh futbolchilarni tarbiyalagan, klublar va terma jamoalarga iste'dodlarni yetishtirib chiqargan faxriy — Ibrohim Sharipovga “Fidoyilik ramzi” sovrini topshirildi.

“Yilning eng yaxshi hakami”

Oʻtgan mavsum davomida bir nechta xalqaro oʻyinlarga tayinlov olgan, xususan, Parijda oʻtgan Olimpiadaning 4 ta uchrashuvida faoliyat olib borgan, OChL final uchrashuvida ishlagan Ilgiz Tantashev — “Yilning eng yaxshi hakami” sifatida e'tirof etildi.

“Yilning eng yaxshi ayol hakami”

Bu yil bir nechta xalqaro oʻyinlarda faoliyat olib borgan va Oʻzbekiston kubogi final uchrashuvini yuqori saviyada oʻtkazgan referi Gulshoda Saidqulovaga — “Yilning eng yaxshi ayol hakami” sovrini topshirildi.

“Bolalar futboli boʻyicha yilning eng yaxshi murabbiyi”

OʻFA birinchiligi musobaqalari ikki karra gʻolibi, oʻsmirlar terma jamoasiga 8 nafar futbolchi yetkazib bergan Paxtakor akademiyasi murabbiyi Bobur Abdurahmonovga — “Bolalar futboli boʻyicha yilning eng yaxshi murabbiyi” sovrini topshirildi.

“Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi”

Bir necha yillardan buyon oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarimiz darvozasini mustahkam himoya qilib kelayotgan, joriy yilda Soʻgʻdiyona jamoasida ham ishonchli oʻyinlar koʻrsatgan yosh posbonimiz Muhammadyusuf Sobirov —  “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topildi.

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” — Muhammadyusuf Sobirov

O‘sishda va harakat qilishda davom etamiz. Qo‘llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat!

Ayni paytda Muhammadyusuf O‘zbekiston U-20 jamoasi bilan Turkiyada yig‘inda bo‘lib turibdi. Posbonimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi”

Joriy mavsumda jamoasi bilan birgalikda Oʻzbekiston chempionati va kubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan Nodir Eliboyev —  “Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi” deb topildi.

“Yilning eng yaxshi futzalchisi”

Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi yetakchisi Husniddin Nishonov — “Yilning eng yaxshi futzalchisi” deb topildi.

“Ayollar Oliy ligasi toʻpurari”

Ushbu mavsumda ayollar chempionatida 41 ta gol kiritib, eng yaxshi toʻpurarga aylangan Sevinch jamoasi futbolchisi Lyudmila Karachikka sovrin topshirildi.

“Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi”

Sevinch klubi yetakchi futbolchisi Maftuna Shoimova — “Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi” sifatida e'tirof etildi.

“Ayollar futboli boʻyicha yilning eng yaxshi murabbiyi”

Sevinch jamoasi bilan birgalikda joriy mavsum chempionat gʻolibligini qoʻlga kiritgan Vladislav Xan — “Ayollar futboli boʻyicha yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topildi.

“Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi”

Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi yetakchisi Diyora Habibullayeva — “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” deb topildi.

“Yilning eng yaxshi murabbiyi”

Ilk marotaba Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritib, jamoasi bilan birgalikda tarixiy natija qayd etgan Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze — “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topildi.

Abbosbek Fayzullayev — “Yilning eng yaxshi futbolchisi” bo'ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60106 | Инструменты