O‘tgan hafta davomida, yaʼni 3-9-mart kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 57 851 ta bitim tuzilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 32,7% ga ko‘pdir. Ularning 59,1% birja savdolariga, qolgan 40,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 464,8 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 294 ta avtoraqamlar sotildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 34 206 ta bitim tuzildi.
Sement
Birja savdolari orqali 109 300,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 21,9 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 486,7 ming so‘mdan 461,5 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 50 ta xaridor ishtirok etdi.
Bug‘doy
O‘tgan hafta davomida birja savdolarida 140 940,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 61 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 28 188,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markadagi bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 537,0 ming so‘mdan 2 512,1 ming so‘mgacha pasayganini taʼkidlash lozim.
Karbamid
Birja savdolariga 9 142,0 tonna karbamid qo‘yildi va uning 6 200,0 tonnasi, yaʼni 67,8% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 327 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markali karbamidning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 811,1 ming so‘mdan 3 528,7 ming so‘mgacha pasaygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43004 | Инструменты