Huawei 1
Birjada 3 132,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, un, texnik chigit va ammiakli selitra narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 18-24-noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 132,0 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 3,7% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 83,4% birja savdolariga, qolgan 16,6% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 887,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 99,9 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 704 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 17,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 611,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Un

Birja savdolariga 51 676,0 tonna un qo‘yildi va uning 8 386,0 tonnasi, yaʼni 16,2% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 73 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda 1-navli un bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 610,8 ming so‘mdan 3 600,0 ming so‘mgacha pasaydi. Unning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 677,0 tonnani tashkil qildi.

Texnik chigit

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 65 239,0 tonna texnik chigit qo‘yildi va undan 28 928,0 tonnasi, yaʼni 44,3% qismi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 457,3 ming so‘mdan 4 336,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 13 ta xaridor ishtirok etdi.

Ammiakli selitra

Birja savdolari orqali 4 728,0 tonna ammiakli selitra sotildi. Ammiakli selitraning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 946,0 tonnani tashkil qildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitra bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 894,7 ming so‘mdan 2 826,1 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты