Aholini ro‘yxatga olish jarayonida, shuningdek, mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 12,3%, mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 32% ni tashkil etadi. Undan tashqari aholining oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega bo‘lganlari 12%, o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega bo‘lganlari 35,8% ekanligi aniqlangan.
Aholini ro‘yxatga olish jarayonida "o‘zini o‘zi belgilash tamoyili"ga amal qilinadi. Ma’lumotlar tasdiqlovchi hujjatlar asosida emas, balki respondentlarning o‘zlari taqdim etgan javoblar asosida qayd etiladi. Bu haqda ayni paytda Milliy statistika qo‘mitasida bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lumot berildi.

Shu sababli ro‘yxatga olish natijalari ayrim ma’muriy manbalardagi ma’lumotlar bilan to‘liq mos kelmasligi mumkin. Bu ma’lumot manbasi, qamrov, hisobga olish sanasi va qo‘llanilgan tushunchalarning farq qilishi bilan izohlanadi.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning yakuniy natijalariga ko‘ra, aholining asosiy yosh guruhlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
— mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar — 12 515,1 ming kishi yoki 32%;
— mehnatga layoqatli yoshdagilar — 21 739,4 ming kishi yoki 55,7%;
— mehnatga layoqatli yoshdan kattalar — 4 792,8 ming kishi yoki 12,3%.
Oliy ma’lumotli aholi soni ma’lum qilindi - Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, 15 yosh va undan katta aholining ta’lim darajasi bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
— oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega bo‘lganlar — 3 271,1 ming kishi yoki 12%;
— o‘rta maxsus va professional ma’lumotga ega bo‘lganlar — 9 737,2 ming kishi yoki 35,8%;
— umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lganlar — 11 626,5 ming kishi yoki 42,8%.
Har 1 000 nafar 15 yosh va undan katta aholiga 120 nafar oliy va oliy ta’limdan keyingi, 358 nafar o‘rta maxsus va professional hamda 428 nafar umumiy o‘rta ma’lumotli shaxs to‘g‘ri keladi.
Ta’lim olayotgan aholi soni ma’lum qilindi
Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, ta’lim tashkilotlarida 7 yosh va undan katta 9 615,9 ming kishi ta’lim olmoqda. Shundan:
— erkaklar — 4 950,7 ming nafar yoki 51,5%;
— ayollar — 4 665,2 ming nafar yoki 48,5%.
Oliy ta’lim tashkilotlarida 1 725,9 ming kishi tahsil olmoqda. Ularning 40% ayollar tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning asosiy natijalari
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan yalpi qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, 7,6 mlnta hisobga olish birligi qayd etilgan. Ular foydalanishidagi umumiy yer maydoni 42,5 mln gektarni tashkil etgan.
Bir yillik ekinlar ekilgan 4 213,5 ming gektar maydonning 47,4 foizi don va dukkakli don, 24 foizi texnik, 14,8 foizi ozuqa va 8,1 foizi sabzavot ekinlariga to‘g‘ri kelgan. Mevali bog‘lar va tokzorlarning umumiy maydoni 613 ming gektarni tashkil etgan.
2026 yil 15 yanvar holatiga 12,2 mln bosh yirik shoxli qoramol, 23,1 mln bosh qo‘y va echki hamda 120,9 mln bosh parranda qayd etilgan. Qoramollarning 87,1 foizi va qo‘y-echkilarning 71,3 foizi dehqon va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda boqilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111311 | Инструменты