“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” doirasida  velosport musobaqalari o‘tkazib boriladi

2027-2028 o‘quv yilidan Respublika velosport mahorat maktab-internatida paravelosport yo‘nalishidagi o‘quvchilar qamrovi maktab-internatning umumiy kontingenti doirasida 20 foizga yetkaziladi. 11-noyabr kuni Prezident bu bo'yicha qarorni imzoladi.

Respublika velosport mahorat maktab-internatining umumiy kontingenti 6–11-sinflardan iborat bo‘lgan 100 nafar o‘quvchi-sportchidan iborat miqdorda saqlab qolinadi.

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalari doirasida  velosport bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazib boriladi.

2027/2028 o‘quv yiliga qadar Respublika velosport mahorat maktab-internati tomonidan O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bilan birgalikda umumta’lim maktablari o‘quvchilari foydalanadigan video-mahsulotlar yaratiladi.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 2027 yil martdan boshlab tajriba-sinov tariqasida “Toshkent tajribasi” sifatida hududdagi zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan umumta’lim maktablarini 2027–2028 yillarda bosqichma-bosqich velosipedlar bilan ta’minlash va trenerlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish amaliyoti joriy etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111218 | Инструменты