Prezident qarori bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Umid Mamadaminov Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Shu munosabat bilan u energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Tayinlov O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan amalga oshirildi.
Umid Mamadaminov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida 2026-yilning 24-iyunidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi. Undan avval 2023-yil avgust oyidan boshlab energetika vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Umid Mamadaminov 1983-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini, 2015-yilda esa AQSHdagi Oregon texnologiya institutini magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. Mutaxassisligi sanoat elektronika muhandisi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishlariga ixtisoslashgan.
Shuningdek, Prezidentning tegishli qarori bilan Abdumalik Abdusalimovich Nazirov Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112312 | Инструменты