Huawei 2
Eronlik tadbirkor bilan Xorazm viloyatida baliqchilik sohasida yangi loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama etildi

O'zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eronning baliqchilik sohasiga ixtisoslashgan "Beyza Feed Mill" (BFM Group) kompaniyasi boshqaruvi kengashi raisi Amir Abudi bilan uchrashuv o'tkazdi.

Suhbat davomida Amir Abudi "Beyza Feed Mill" kompaniyasi faoliyati haqida batafsil axborot berdi.

Qayd etilishicha, kompaniyaning Sheroz shahrida joylashgan zavodida baliqlar uchun ozuqa hamda baliqdan tayyor va yarim tayyor mahsulotlar, ikra ishlab chiqariladi.

O'z navbatida, elchi xorijiy investorlar uchun mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlar va taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida atroflicha ma'lumot taqdim etdi. Shuningdek, u eronlik tadbirkorga O'zbekistonda baliqchilik xo'jaligini barpo etish bo'yicha investitsiyaviy loyihani amalga oshirishni taklif qildi.

Muloqot natijasiga ko'ra, "Beyza Feed Mill" kompaniyasi rahbari Amir Abudi bilan Xorazm viloyatida qiymati 25 million dollarga teng baliqchilik klasterini barpo etish loyihasini amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi. 14-21-aprel kunlari eronlik investorning Xorazm viloyatiga loyiha borasida batafsil muzokaralar o'tkazish uchun tashrifi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga