9 oy yakunlari bo'yicha tashqi savdo statistikasi e'lon qilindi. Eksport $12 471,3 mln.ga, import esa $15 018,9 mln.ga yetgan
Statistika qo'mitasi joriy yil 9 oy yakunlari bo'yicha tashqi savdo statistikasini e'lon qildi.
Unga ko'ra, eksport 12 471,3 mln. AQSH dollariga, import esa 15 018,9 mln. AQSH dollariga yetgan. Sentyabr oyida oltin eksport qilinmagani sababli, tashqi savdo manfiy salbiy saldosi yana ortib, 2,5 mlrd.dollardan oshib ketgan.
Oylar qirqimida olganda sentyabr oyida import qariyb 2,1 mlrd.dollarni tashkil etib, yillik maksimumga yetgan.
E'tiborli jihati sentyabr oyida 63,8 mln.dollarlik don va un mahsulotlari, 19,3 mln. dollarlik shakar mahsulotlari, 24,9 mln.dollarlik o'simlik va hayvon yog'lari importi amalga oshirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61007 | Инструменты