Huawei 1
1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi.

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: 20 iyundan 31 iyulgacha mikrohudud doirasida;
2-bosqich: 1 avgustdan 15 avgustgacha mikrohududdan tashqarida.

1-sinfga qabul jarayonlari ayrim tuman (shahar)larda elektron  shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda ota-onalar 20 iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.

“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2018 yilning 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

Agar sizda elektron qabul jarayonlari yuzasidan savollar bo‘lsa, vazirlikning 71-203-07-04, 71-203-04-03 raqamlari orqali javob olishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61307 | Инструменты