Tramp: Netanyahu Eron boʻyicha har qanday kelishuvni qabul qiladi

Trampning taʼkidlashicha, Eron bilan bogʻliq muhim qarorlar AQSH tomonidan qabul qilinmoqda va bu jarayonda hal qiluvchi soʻz Vashingtonga tegishli.

«Barcha qarorlarni men qabul qilaman. U (Netanyahu) qaror qabul qilmaydi», — dedi AQSH prezidenti.

Intervyu Isroil hududiga Eron tomonidan raketa hujumi amalga oshirilgani haqidagi xabarlar ortidan eʼlon qilindi. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi mazkur hujumni Livandagi «Hizbulloh» obyektlariga Isroil tomonidan berilgan zarbaga javob sifatida «ogohlantirish» deb atagan

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60816 | Инструменты