Oʻquvchilarga xorijda ishlash va sayohat qilish uchun ssuda ajratiladi

2026/2027 oʻquv yilidan texnikum oʻquvchilari AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiyadagi «Work and Travel» dasturlarida ishtirok etishi mumkin boʻladi.

Hukumatning tegishli qarori loyihasiga koʻra, buning uchun har yili 500 nafargacha oʻquvchiga Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hisobidan BHMning 40 baravarigacha ssuda ajratish rejalashtirilmoqda.

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP orqali qabul qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60916 | Инструменты