Birja rahbariyati yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

2026-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi Boshqaruv raisi Asadulla Qayumov Toshkent shahridagi Sankt-Peterburg davlat universitetining filialida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni o‘tkazilgan ochiq muloqot doirasida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilangan tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi bitiruvchi yoshlarni ish beruvchilar bilan bevosita muloqotga jalb etish, amaliy tajriba imkoniyatlarini kengaytirish hamda iqtidorli yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarning raqamli iqtisodiyotbirja savdolaridavlat xaridlari va elektron tijorat yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda istiqbolli kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi hamda Sankt-Peterburg davlat universitetining Toshkent filiali o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjatga muvofiq, talabalar uchun birja tizimida amaliy treninglarmalakaviy amaliyot va stajirovkalar tashkil etish, iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Shuningdek, birja mutaxassislari ishtirokida ochiq darslarseminarlar va master-klasslar o‘tkazish, ilmiy-tadqiqotlar, tahliliy ishlar hamda qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu hamkorlik zamonaviy HR-yondashuvlarni joriy etish, inson kapitali salohiyatini rivojlantirish hamda mamlakatda birja savdolari tizimi samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60816 | Инструменты