Huawei 1
Xitoyda tarqalayotgan "COVID'ga o'xshash" virus XIX asrning unutilgan kasalligi bo‘lishi mumkin

Xitoyda tarqalayotgan va birinchi navbatda bolalar kasallanayotgan COVID-19'ga o‘xshash respirator kasallik XIX asrning unutilgan kasalligi bo‘lishi mumkin, deya xabar qilmoqda Mirror nashri.

Qayd etilishicha, ushbu virus bir necha haftadan beri Xitoyda tartibsizlik keltirib chiqarmoqda, ayrim mamlakatlar pandemiya takrorlanishidan qo‘rqmoqda. Hozircha virus asosan bolalarda tarqalmoqda, ammo Hindiston kabi qo‘shni davlatlar rasmiylari allaqachon chora ko‘rishga tayyorlanyapti.

Holat yuzasidan Indoneziya olimlari birinchi marta 1898-yilda kashf etilgan mikoplazma pnevmoniya simptomlarini laboratoriyada tekshirib ko‘rishni rejalashtirmoqda. Kasallik, boshqalar kabi, hayvonlardan odamlarga o‘tgan. 

Bu qanday kasallik ekan haqida hozircha aniq tasdiqlanmagan. Biroq u birinchi marta XIX asrning oxirida qoramollarda pnevmoniya turi sifatida aniqlangan. Keyinchalik, u 1944-yilda tovuqlarda aniqlangan, keyin kasallik odamlarga yuqishi qayd etilgan va “yuruvchi pnevmoniya” deb nomlangan. U pnevmoniyaning bir turi bo‘lib, uni odamlar kundalik turmush tarzini o‘zgartirmasdan yuqtirishi mumkinligiga ishonilgan.

Indoneziya sog‘liqni saqlash vaziri Budi Gunadi Sadikin yaqin orada virus testi boshlanishini ma'lum qildi. Bu Xitoyda mikoplazma bakterial infeksiyasi holatlari ko‘payganidan keyin amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52022 | Инструменты