Huawei 1
Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi

Buyuk Britaniyaning Moliya vazirligi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kuchaytirdi. Bu haqda Britaniya hukumati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sanksiyalar ro‘yxati 82 ta yangi pozitsiya bilan kengaytirilgan, ulardan 20 tasi jismoniy shaxslar va 62 tasi yuridik shaxslarga tegishli. Sanksiyalar ro‘yxatiga tushgan tashkilotlar orasida Sankt-Peterburg valyuta birjasi va Depozitlarni sug‘urtalash agentligi ham bor.

Yangi sanksiyalar, shuningdek, Rossiyaning 46 ta moliyaviy kompaniyasini qamrab oladi.

“Ushbu yangi sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini yanada izolyatsiya qiladi va uning daromad oqimlarini buzadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

Qolaversa, sanksiyalar ro‘yxatiga “Surgutinvestneft”, “VTB Registrator”, “VTB Spezdepositariy”, “Oboronregistr” va “Rekom” kabi kompaniyalar kiritilgan. Cheklovlar Rossiyaning “Iskander” qurol-yarog‘lar tizimini yetkazib berish zanjirlariga ham ta’sir qiladi va shuningdek, Ukraina suvereniteti va demokratiyasiga qarshi “axborot urushi”ni olib borayotgan 14 nafar ijtimoiy loyihalar agentligi a’zolariga nisbatan ham sanksiyalar kiritilgan.

Ushbu chora-tadbirlar Rossiya iqtisodiyotiga bo‘lgan xalqaro bosimni yanada kuchaytirish maqsadida amalga oshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52102 | Инструменты