Huawei 1
Isroilga “zarbalar” davom etadi: Britaniya Tel-Aviv bilan savdoni to‘xtatdi

Buyuk Britaniya G‘azo sektoridagi harbiy amaliyot va G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi zo‘ravonlik holatlari yuzasidan sanksiyalar kiritdi va Isroil bilan savdo muzokaralarini to‘xtatdi. Bu haqda “Reuetrs” Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.

“Buyuk Britaniya va Isroil o‘rtasida erkin savdo shartnomasi bo‘yicha muzokaralar rasmiy ravishda to‘xtatildi, darhol kuchga kirdi”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, “G‘arbiy Sohil va G‘azoda g‘ayritabiiy siyosat yuritayotgan” Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning hukumati bilan kelishuv bo‘yicha muzokaralarni ilgari surib bo‘lmaydi.

Isroilning Buyuk Britaniyadagi elchisi Sipi Xotoveli Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy hujumi munosabati bilan Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

“Men bugun elchi Xotoveliga hukumatning G‘azodagi harbiy faoliyatning nomutanosib ravishda kuchayishiga qarshi pozitsiyasini bildiraman va G‘azoga yordamni 11 haftalik to‘sib qo‘yish shafqatsiz va asossiz ekanini ta’kidlayman”, dedi Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharq bo‘yicha vaziri Xemish Falkoner.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlariga rioya qilishi va aholiga insonparvarlik yordamining to‘liq, tezkor, xavfsiz hamda to‘siqsiz yetkazilishini ta’minlashi kerak.

Ayni vaqtda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi falastinliklarni G‘arbiy Sohilga joylashtirishda ishtirok etgan uch shaxs va to‘rt tashkilotga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e’lon qildi.

“Biz inson huquqlarini dahshatli tarzda buzayotganlarga qarshi harakat qilishda davom etamiz”, degan Lemmi.

“Bloomberg”ning yozishicha, Isroil Tashqi ishlar vazirligi Britaniya bilan savdo muzokaralari muvaffaqiyatga erishmayotganini aytib, kiritilgan sanksiyalarni “sirli” va “asossiz” deb atagan.

“Tashqi bosim Isroilni o‘z mavjudligi va xavfsizligi uchun uni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan dushmanlarga qarshi kurash yo‘lidan qaytishga majburlamaydi”, deyiladi TIV bayonotida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52102 | Инструменты