Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston hududida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Bugun, 14-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:59 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari 40,1 gradus shimoliy kenglik, 71,52 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda 4,5 ball. Chuqurlik 10 km.
Zilzila epimarkazi Toshkentdan 233 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi: Farg‘ona viloyatida 3 ball, 38 km.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52102 | Инструменты