Peterburgda migrantlar uchun kuryerlik faoliyati taqiqlandi

"Аргументы и факты" nashrining ma’lum qilishicha, shaharda migrantlar uchun yetkazib berish ilovalariga kirish yopilgan. Endi patent asosida ishlayotgan Ozarbayjon, O‘zbekiston, Tojikiston, Moldova va Ukraina fuqarolari smenaga chiqolmaydi va buyurtma qabul qila olmaydi.

Bu qaror Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari — Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Armaniston va Qirg‘iziston fuqarolariga taalluqli emas. Ular avvalgidek patentsiz ishlash huquqiga ega.

Shu tariqa, Sankt-Peterburg Rossiyada yetkazib berish sohasida faqat mahalliy va  Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi fuqarolariga ishlashga ruxsat bergan ilk shaharlardan biriga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110618 | Инструменты