Kecha, 4-noyabr oqshomida Chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi markaziy bahs “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning “Liverpul” klubi o‘z maydonida Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Kecha, 4-noyabr oqshomida Chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi markaziy bahs "Enfild" stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning "Liverpul" klubi o‘z maydonida Ispaniyaning "Real Madrid" jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 61-daqiqada Aleksis Mak Allister tomonidan kiritildi. Argentinalik yarim himoyachi Dominik Soboslaining aniq uzatmasidan keyin bosh bilan zarba berib, Tibo Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi.
Bo‘limning ilk qismida "Liverpul" faol harakat qildi va bir necha xavfli hujumlar uyushtirdi. Hakam “Real Madrid” darvozasi tomon penalti belgilagan bo‘lsada, VAR aralashuvidan so‘ng qaror bekor qilindi. Kurtua esa Soboslai va Florian Virsning kuchli zarbalarini qaytarib, jamoasini tanaffusgacha qutqarib qoldi.
Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar ustunlikni qo‘ldan boy bermadi va 61-daqiqadagi gol o‘yin taqdirini hal qildi. Qolgan daqiqalarda “Real Madrid” hisobni tenglashtirishga urinib ko‘rdi, ammo "Liverpul" himoyasi ishonchli o‘yin namoyish etdi.
G‘alabadan keyin Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" jamoasi 9 ochko jamg‘arb qilib, guruh jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. Angliya klubi ochkolar soni bo‘yicha "Real Madrid" bilan tenglashgan bo‘lsada, to‘plar nisbatida raqibidan ortda bormoqda.
Maʼlumot uchun, jamoalar o‘tgan mavsumda ham "Enfild"da to‘qnash kelgan va o‘shanda ham mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.abr oqshomida Chempionlar ligasi 4-tur doirasidagi markaziy bahs «Enfild» stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Angliyaning "Liverpul" klubi o‘z maydonida Ispaniyaning "Real Madrid' jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 61-daqiqada Aleksis Mak Allister tomonidan kiritildi. Argentinalik yarim himoyachi Dominik Soboslaining aniq uzatmasidan keyin bosh bilan zarba berib, Tibo Kurtua darvozasini ishg‘ol qildi.
Bo‘limning ilk qismida "Liverpul" faol harakat qildi va bir necha xavfli hujumlar uyushtirdi. Hakam "Real Madrid" darvozasi tomon penalti belgilagan bo‘lsada, VAR aralashuvidan so‘ng qaror bekor qilindi. Kurtua esa Soboslai va Florian Virsning kuchli zarbalarini qaytarib, jamoasini tanaffusgacha qutqarib qoldi.
Ikkinchi bo‘limda ham mezbonlar ustunlikni qo‘ldan boy bermadi va 61-daqiqadagi gol o‘yin taqdirini hal qildi. Qolgan daqiqalarda "Real Madrid" hisobni tenglashtirishga urinib ko‘rdi, ammo "Liverpul" himoyasi ishonchli o‘yin namoyish etdi.
G‘alabadan keyin Arne Slot boshchiligidagi "Liverpul" jamoasi 9 ochko jamg‘arib, guruh jadvalida 6-o‘ringa ko‘tarildi. Angliya klubi ochkolar soni bo‘yicha "Real Madrid" bilan tenglashgan bo‘lsada, to‘plar nisbatida raqibidan ortda bormoqda.
Maʼlumot uchun, jamoalar o‘tgan mavsumda ham "Enfild"da to‘qnash kelgan va o‘shanda ham mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110518 | Инструменты