Bugun, 5-noyabr kuni Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda start oladigan Jahon chempionatida ilk uchrashuvini o‘tkazadi. Turnirning “J” guruhi doirasidagi dastlabki bahsda O‘zbekiston o‘smirlari Paragvay jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Jahon chempionatida jami 48 ta jamoa ishtirok etadi. “J” guruhidan joy olgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi keyingi o‘yinini 8-noyabr kuni Irlandiya, so‘nggi guruh uchrashuvini esa 11-noyabrda Panama o‘smirlariga qarshi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Indoneziyada o‘tgan FIFA U-17 Jahon chempionatida Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi chorak final bosqichigacha yetib borgan edi. O‘sha bosqichda jamoa Fransiya U-17 terma jamoasiga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110519 | Инструменты