Transport vositasida xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanadi

Ro‘yxatga ko‘ra, jami 17 ta kasallik va holatda xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:

Umrov va to‘sh suyagi sinishi;

Yelka kamari sinishi;

Qovurg‘alar sinishi;

Umurtqa pog‘onasining kompression sinishi;

O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich);

Bronxial astma (IV bosqich);

O‘pkaning interstisial zararlanishi;

O‘pkaning bir qismi yoki butuni (chap yoki o‘ng) olib tashlangan holatlar;

Surunkali yurak yetishmovchiligining III va dekompensatsiya bosqichi;

III darajali (morbid) semizlik (BMI ≥ 40);

Past bo‘ylik (nanizm) — 150 sm dan past;

Qo‘l yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar;

Terining ko‘krak qismida joylashgan og‘ir allergik yoki dermatologik kasalliklar (ekzema, psoriaz);

Ko‘krak yoki yelka sohasida protez yoki implantlar mavjudligi;

Ko‘krak qafasi yoki qorin bo‘shlig‘iga o‘tkazilgan ochiq turdagi operatsiyalar;

Stomalar (sun’iy chiqish yo‘li) qo‘yilishi;

Ko‘krak qafasi sohasidagi yirik hosilalar (o‘sma);

Homiladorlik holati.

Hujjat hozircha kuchga kirmagan. Ushbu kasalliklar mavjud bo‘lgan fuqarolarga “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali QR-kodli (shtrixli kod) elektron tibbiy ma’lumotnoma beriladi. Ma’lumotnoma fuqaro biriktirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasi tomonidan rasmiylashtiriladi.  Tibbiy ma’lumotnomaning amal qilish muddati — 6 oy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110515 | Инструменты