 
													Nashrning manbalariga tayanib xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Vladimir Putin bilan Vengriya poytaxtida uchrashuv o‘tkazishini eʼlon qilganidan so‘ng, Kreml Oq uyga Ukraina bo‘yicha o‘z pozitsiyasi bayon etilgan memorandum yuborgan.
"AQSH davlat kotibi Marko Rubio mazkur hujjatni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan o‘tkazgan “keskin ohangdagi telefon suhbati”da muhokama qilgan. Suhbatdan so‘ng Rubio Trampga Budapeshtda Putin bilan uchrashuv o‘tkazishning foydasi yo‘qligini bildirgan", deb yozadi Financial Times.
Gazeta manbalarining maʼlumotiga ko‘ra, Moskvaning maksimalistik talablari umuman o‘zgarmagan. Kreml Donbassni janglarsiz topshirishdan tashqari, Ukraina qurolli kuchlari sonini cheklash va mamlakat hech qachon NATO‘ga aʼzo bo‘lmasligiga kafolat berishni talab qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103123 | Инструменты