Sunʼiy intellekt texnologiyalari loyihalarini moliyalashtirish yanada kengaytiriladi

“Sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–320-son, 30.10.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorni qabul qilishning asosiy maqsadi ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan ustuvor va startap loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, startap loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2026–2027 yillarda qo‘shimcha 100 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ quyidagi maqsadlar uchun ajratilmoqda:

- 50 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ beg‘araz asosda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun;

- 50 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ teng ulushlarda “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalari ustav kapitaliga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ulushi sifatida kiritilishi orqali sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun.

Mazkur mablag‘lar “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan taqsimlanishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103118 | Инструменты