Isitish mavsumida tabiiy gaz bo‘yicha bazaviy me’yor oshiriladi

O‘zbekistonda aholi uchun tabiiy gaz iste’moliga tegishli bazaviy me’yor isitish mavsumida 5 barobarga oshirilib, 500 kub metrga yetkaziladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, noyabr—fevral oylarida har bir oy uchun 500 m³gacha, mart—oktyabrda esa 100 m³gacha “bazaviy me’yor” amal qiladi.

Kuz-qish mavsumida iste’mol yuqori bo‘lgan hududlar hisobga olinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabrdan fevralgacha oylik me’yor 500 m³ qilib qo‘llanadi.

Prezident qaroriga muvofiq, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oyma-oy kompensatsiyalar to‘lanadi: elektr bo‘yicha — oyiga bazaviy me’yordan ortiq qismi uchun 150 kVt·soatgacha, tabiiy gaz bo‘yicha — qish oylarida 250 m³gacha, boshqa oylarda 150 m³gacha ortiqcha sarflangan qismiga kompensatsiya beriladi. Ilgari bu to‘lovlar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endilikda yil davomida har oy beriladi.

Shu bilan birga, 2025-2026 yilgi isitish mavsumi oldidan (noyabr oyida) har bir ehtiyojmand oilaga 1 mln so‘mdan moddiy yordam ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103118 | Инструменты