Erondagi mojaro sentyabrgacha davom etishi mumkin — Politico

Politico nashri maʼlumotiga ko‘ra, AQSH Markaziy qo‘mondonligi Pentagondan Eronga qarshi operatsiyalarni kamida 100 kun davomida qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha harbiy razvedka xodimlarini so‘ragan.

Bu Eronga qarshi urush munosabati bilan razvedka xodimlarini kengaytirish bo‘yicha birinchi maʼlum so‘rovdir. Ushbu so‘rov Erondagi amaliyotning Tramp tomonidan eʼlon qilingan dastlabki to‘rt haftalik muddatdan ancha uzoq davom etishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Nashr qo‘shimcha qilishicha, kadrlar va resurslarni zudlik bilan ko‘paytirish Tramp jamoasi Isroil bilan birgalikda boshlagan urushning keng ko‘lamli oqibatlarini to‘liq ko‘ra olmaganidan dalolat beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30516 | Инструменты