Huawei 1
Eron va AQSh yadroviy muzokaralarni qayta boshladi

Eron va AQSh muzokarachilari 11-may, yakshanba kuni Ummon sultonligi poytaxti Maskatda Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirdi. Eronning ISNA axborot agentligining qayd etishicha, bu muzokaralarning to‘rtinchi bosqichidir.

Yig'ilishda Tehrondan tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi, Vashingtondan esa maxsus vakil Stiv Vitkoff ishtirok etmoqda. To‘rtinchi raund dastlab 3-mayga belgilangan edi, biroq “logistik va texnik sabablarga ko‘ra” qoldirildi, dedi Eron vaziri.

Tomonlarning pozitsiyalari qarama-qarshidir

8-may kuni Vitkoff Breitbart News nashriga bergan intervyusida Qo‘shma Shtatlar Erondan uranni boyitishdan voz kechishni va yadroviy inshootlarini butunlay demontaj qilishni talab qilishini, aks holda Vashington “boshqa yo‘ldan borishiga to‘g‘ri kelishini” aytdi. Araqchi 10-may kuni Eron o‘zining “yadroviy huquqlaridan” “hech biridan voz kechmasligini” aytdi.

Avvalgi AQSh-Eron maslahatlashuvlari 12, 19 va 26 aprel kunlari Maskat va Rimda bo‘lib o‘tgan. Donald Tramp 13-16-may kunlari Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga tashrif buyurmoqchi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51213 | Инструменты