Huawei 1
Tramp maʼmuriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Qatar qirollik oilasidan hashamatli Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a sifatida qabul qilishga tayyorlanmoqda. Sovg‘a Tramp tomonidan Air Force One prezidentlik borti sifatida ishlatilishi kutilmoqda. Uning muddati tugagunga qadar laynerga egalik huquqi Tramp prezidentlik kutubxonasi fondiga o‘tadi. Bu haqda 11 may, yakshanba kuni ABC News axborot xizmati manbalarga tayanib xabar berdi.

Sovg‘a haqida kelasi hafta Tramp Qatarga tashrif buyurganida eʼlon qilinishi kutilmoqda. Biroq, topshirishning o‘zi tashrif davomida amalga oshirilmaydi.

Oq uy rahbari ko‘pincha «uchar saroy» deb ataladigan samolyotni fevral oyida Floridadagi Uest-Palm-Bich xalqaro aeroportida qisqa muddatga qo‘nganida ko‘rgan.

Oq uy bosh yuristi Devid Uorrington va Adliya vazirligi ekspertlarining fikricha, agar sovg‘a Mudofaa vazirligida ro‘yxatdan o‘tsa va muddati tugaguniga qadar Tramp kutubxonasiga o‘tkazilsa, korrupsiyaga qarshi qonunlarni texnik jihatdan buzmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51220 | Инструменты