Uchrashuvda liderlar Turkiya va AQSh o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an NATO sammitida ishtirok etayotgan Gaagada AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi.
Prezidentlarning uchrashuvi Niderlandiya qiroli Villem-Aleksandr va uning rafiqasi Gaagadagi NATO davlat va hukumat rahbarlari sammitida ishtirok etayotgan yetakchilar va ularning rafiqalari sharafiga berilgan kechki ovqatdan so‘ng bo‘lib o‘tdi.
Prezidentlar oʻrtasidagi muzokaralar matbuot uchun yopiq eshiklar ortida oʻtdi.
Uchrashuvda liderlar Turkiya va AQSh o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildi.
Prezident Erdo'g'an uchrashuv chog’ida ikki davlatning turli sohalarda, ayniqsa energiya va sarmoya sohasida katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Uning soʻzlariga koʻra, hamkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, mudofaa sanoati sohasida umumiy savdo hajmini 100 milliard dollarga yetkazish maqsadiga erishishga xizmat qiladi.
Turkiya davlat rahbari AQSh prezidenti Trampning sa’y-harakatlari tufayli Isroil va Eron o‘rtasida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini olqishladi. Erdo'g'an uning doimiy bo'lishini tilab, G'azodagi insonparvarlik fojiasini tezroq tugatish va Rossiya bilan Ukraina o'rtasidagi urushni tinch yo'l bilan hal qilish uchun yaqin muloqot muhimligini ta'kidladi.
NATO boʻyicha yetakchi ittifoqchilar sifatida ikki yetakchi ittifoqning toʻxtatuvchi kuchini mustahkamlash boʻyicha keyingi qadamlarni qoʻyish muhimligini taʼkidladilar.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Tramp neft narxining ko‘tarilishi "dushmanga qo‘l kelishini" aytgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62601 | Инструменты