Huawei 1
O‘zbekistonda maʼlum toifadagi fuqarolarni bepul davolash uchun kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘iga asosan, 1-iyuldan boshlab, imtiyozli toifadagi fuqarolarni davolash davlat byudjetidan amalga oshiriladi.

Imtiyozli toifadagi fuqarolarni davolash shifokor tomonidan belgilagan yo‘riqnoma asosida, «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimi orqali bepul taʼminlanadi.

Hujjatga ko‘ra, jami 13 ta yo‘nalish qamrab olingan, jumladan, urologiya, travmatologiya, pulmonologiya, onkologiya, endokrinologiya, oftalmologiya, kardiologiya, gastroenterologiya va boshqalar.

Shuningdek, 1 yanvardan boshlab, davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari joriy etilgan hududlardagi tuman (shaxar) va hududiy darajaga kiruvchi tibbiyot muassasalarida elektron navbat asosida rejalashtirilgan statsionar tibbiy yordamni bepul olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar quyidagilardir:

• shaxsiy daromad solig‘i yoki ijtimoiy soliq to‘lovchilar;

• mehnat staji hisobga olinishi uchun kerakli soliq miqdorini to‘lagan shaxslar;

• voyaga yetmaganlar, taʼlim muassasalarida o‘qiydigan o‘quvchilar va talabalar, homilador ayollar va ikki yoshgacha bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilayotganlar, mehnat idoralarida rasmiy ravishda ishsiz deb ro‘yxatga olinganlar, davlat pensiyasini oluvchi fuqarolar va «Yagona ijtimoiy himoya reyestri» orqali kam taʼminotlangan oilalar aʼzolari yoki «Qashshoq oilalar reyestri» orqali qashshoq oilalar deb tan olingan shaxslarning oila aʼzolari.

To‘liq bepul davolash ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62523 | Инструменты