Kamida 229 nafar kongressmen, jumladan, 43 senator va 23 nafar shtat gubernatori AQSH vitse-prezidenti Kamala Xarrisning mamlakat prezidentligiga nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.
"Bayden qayta saylanishga urinmasligini e’lon qilganidan 30 soat o‘tgach, Demokratlar palatasining 186 a’zosi, 43 senator va 23 gubernator Xarrisning nomzodini ma’qulladi", deyiladi xabarda.
AQSHda prezidentlik saylovi shu yilning 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan amaldagi prezident Jo Bayden nomzodini qo‘yishi taxmin qilingan edi. Biroq iyun oyida prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan debatdagi muvaffaqiyatsiz chiqishdan so‘ng, demokratlar o‘rtasida Baydenni kurashdan voz kechishga chaqiriqlar kuchayib ketdi.
21-iyul kuni Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini e’lon qildi.
Sizning prezidentingiz sifatida xizmat qilish hayotimdagi eng katta sharaf bo‘ldi. Men qayta saylanish niyatida bo‘lgan bo‘lsam-da, o‘z partiyam va mamlakatim manfaatlariga ko‘ra, nomzodimni rad etishim va qolgan muddat davomida faqat prezidentlik vazifamni bajarishga e’tibor qaratishim kerak deb hisoblayman, dedi u.
Avvalroq Kamala Xarrisning jamoasi kampaniyaning dastlabki 24 soatida rekord darajadagi 81 million dollar yig‘di haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32607 | Инструменты