“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi sport turlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–75-son, 03.03.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, kibersport, dron va robot texnologiyalari yo‘nalishidagi zamonaviy sport turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etiladi.
Musobaqalar quyidagi yo‘nalish va bosqichlarda o‘tkaziladi:
yo‘nalishlar:
▫️kibersport yo‘nalishi;
▫️ dron texnologiyalari yo‘nalishi;
▫️ robot texnologiyalari yo‘nalishi;
bosqichlar:
▪️ 1-bosqich – vazirlik va idoralarda har yili avgust oyida “Harbiy qism (muassasa) komandiri (boshlig‘i) kubogi” ichki musobaqasi;
▪️ 2-bosqich – har yili oktyabr oyida “Harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi” musobaqasi;
▪️ 3-bosqich – har yili dekabr oyida “Mudofaa vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30412 | Инструменты