Eronga yangi oliy rahnamo tayinlandi – OAV

Eron Islom respublikasining Ekspertlar kengashi Mujtabo Xomanaiyni Eronning yangi oliy rahbari lavozimga sayladi. Bu haqda “Iran International” xabar berdi.

56 yoshli Mujtabo – AQSH va Isroil bombardimonlari oqibatida halok bo‘lgan Oyatulloh Ali Xomanaiyning o‘g‘li. So‘nggi o‘n yil davomida u ochiqchasiga “voris” sifatida tilga olib kelinar edi.

1980–1990 yillarda Mujtabo “ko‘rinmas askar” sifatida faoliyat yuritgan. Ko‘plab eronlik siyosatchilardan farqli ravishda, u ommaviy chiqishlardan chetda bo‘lib, faoliyatini soyada olib borgan. U Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va maxsus xizmatlar tizimida tajriba orttirgan. 2000 yillar o‘rtalaridan boshlab u “kuch bloki”ni nazorat qilgani, armiya, dengiz va havo kuchlari ustidan otasiga ko‘mak bergani aytiladi.

Mujtabo “qarshilik meʼmori” sifatida ham tilga olinadi. U inqilobni proksi kuchlar orqali eksport qilish strategiyasining muallifi sifatida ko‘riladi.

Kuzatuvchilarning fikricha, Eronda rahbar almashishi siyosiy yo‘nalish o‘zgarishini anglatmaydi, balki uslub o‘zgarishini bildiradi. Mujtabo qatʼiy pragmatik sifatida tanilgan. U “gibrid urush” tarafdori va G‘arb bilan keskin qarama-qarshilikni yoqlaydi. Uning davrida yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qolishi yoki yana-da qattiq shartlar bilan davom etishi mumkin.

Shuningdek, yangi rahbar iqtisodda o‘zini o‘zi taʼminlash siyosati va harbiy-sanoat majmuasini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berishi kutilmoqda. Bu esa sanksiyalar bosimi ichki mobilizatsiyani yana-da kuchaytirishi ehtimolini anglatadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30412 | Инструменты