Huawei 1
Yil yakuniga qadar terma jamoalarga sportchi yetkazib berish ko‘rsatkichi 35 foizga yetkaziladi

Sport vazirligi axborot xizmati rahbari Nurbek Salomov sohani yana-da rivojlantirish borasida o‘tgan 9 oyda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Sport sohasini yana-da rivojlantirish maqsadida 2022–2024 yillarda qabul qilingan 76 ta prezident va hukumatning tegishli farmon va qarorlari asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. 

Xususan, mahalladan boshlab ommaviy sportni rivojlantirish yo‘nalishida joriy yilgi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarida eng ommabop sport turlari qamrovi o‘tgan yilgi 11 tadan 13 taga, shuningdek nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi sport turlari 4 tadan 7 taga yetkazildi.

Joriy yilning 9 oy yakunlariga ko‘ra yengil atletika, stol tennisi, shashka, shaxmat, vorkaut, futbol, mini-futbol, armrestling, gandbol, gimnastrada, voleybol, stritbol, kurash bo‘yicha ommaviy sport musobaqalarida elektron ro‘yxatdan o‘tgan 5,1 million nafar yoshlar ishtirok etdi.

Musobaqalarning g‘olib va sovrindorlariga 36 mingta sport formalari va 14 mingta sport ekipirovkalari yetkazib berildi.

Yil yakuniga qadar ommaviy sportdagi yoshlar qamrovini 10 millionga yetkazish uchun, umumtaʼlim maktablarining 3,5 million, oliy va professional taʼlim tizimidagi qariyb 1,5 million o‘quvchi va talabalar bilan faol ish olib borilmoqda. 

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni 7 ta para sport turi – stol tennisi, yengil atletika, shaxmat, shashka, badminton, bosqon uloqtirish va kibersport bo‘yicha ommaviy sportdagi qamrovi o‘tgan yildagi 12 ming nafardan 18 ming nafarga oshirildi. 

Sport sohasini raqamlashtirish maqsadida 24 ta axborot tizimini o‘z ichiga olgan “ERP-Sport” tizimi to‘liq ishga tushirildi.

Bugunga qadar “ERP-Sport” tizimi orqali reyestrdagi mavjud 157 ta sport turi, 31 ming nafardan ortiq sport sohasidagi xodimlar, 3 ming nafardan ortiq hakamlar faoliyati va 14 ta davlat xizmatlari raqamlashtirildi.

Tizimdagi 369 ta sport-taʼlim muassasalari elektron ro‘yxatdan o‘tkazildi hamda ushbu muassasalarda 38 mingta sport guruhlari shakllantirildi.

184 ming nafar razryad va unvonga ega sportchilar maʼlumotlari shakllantirib, 100 ming nafardan ortiq sportchilar “sportchi pasporti” bilan taʼminlandi.

Sport sohasida “Davlat xizmatlari” axborot tizimini joriy etish orqali yangi elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi va bu bilan xizmatlar ko‘rsatish ulushi 2 barobarga oshirildi.

Aholining jismoniy tayyorgarligini baholash yo‘nalishida joriy yildan eʼtiboran aholining barcha qatlamlarini sportga qiziqtirish maqsadida 11 ta yosh toifasi bo‘yicha aholining jismoniy tayyorgarligini baholash tizimi joriy etildi.

Buning uchun alohida elektron platforma ishga tushirilib, umumtaʼlim maktablari, oliy va professional taʼlim muassasalari o‘quvchi-talabalari va aholidan bosqichma-bosqich sport sinovlari qabul qilinmoqda.

Jumladan, o‘tgan davr mobaynida ixtiyoriy ravishda elektron ro‘yxatdan o‘tgan yoshlarning 3,2 million nafaridan sport sinovlari qabul qilindi.

Sport taʼlimi tizimini takomillashtirish yo‘nalishida 254 ta sport maktablari faoliyati faqatgina professional sportchilar zaxirasini yaratish emas, balki ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mahallalarga biriktirilib, seleksiya ishlarini tashkil qilishga yo‘naltirildi. Sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar kontingentini kelgusi 2 yilda 1 millionga yetkazish maqsadida sport maktablarida sport guruhlarini to‘ldirish meʼyorlari qayta ko‘rib chiqildi.

Sport guruhlariga sportchilarni qabul qilishning minimal, optimal va maksimal miqdorlari belgilanib, sport bilan doimiy shug‘ullanuvchilar qamrovi 369 mingdan 619 ming nafarga yetkazildi.

Sport klublarida shug‘ullanuvchi yoshlar qamrovini kengaytirish va xususiy sektor bilan sportchi tayyorlash borasida hamkorlikni yaratish maqsadida, klublardagi yoshlar qamrovidan kelib chiqib, ularni sport inventarlari va davlat sport inshootlaridan bo‘sh vaqtlarida bepul foydalanish tizimi joriy etilmoqda.

Respublikamizdagi jami 284 ta, jumladan 14 ta Olimpiya va paralimpiya markazlari, 229 ta sport maktabi hamda 41 ta ixtisoslashtirilgan sport maktablarida Paralimpiya bo‘limlari tashkil etilib, doimiy shug‘ullanuvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar 7 ming nafarga yetkazildi.

Sport maktablari ehtiyoji asosida 11 turdagi umumiy qiymati 9,2 milliard so‘mlik jami 10 ming dona sport inventar va jihozlari hamda 4 turdagi 149 million tibbiyot asbob-uskunalari xarid qilindi.

 5 turdagi 25 milliard so‘mlik 77 ming dona sport ekipirovkalari hamda umumiy qiymati 10 milliard so‘mlik 16 ming dona terma jamoalar sport formalari yetkazib berildi.

Milliy terma jamoalar zaxirasini yaratish yo‘nalishida Olimpiya va paralimpiya markazlarida milliy terma jamoalarga sportchi yetkazib berish ko‘rsatkichi 2022 yildagi 21 foizdan 32 foizga oshirildi.

Yil yakuniga qadar terma jamoalarga sportchi yetkazib berish ko‘rsatkichi 35 foizga yetkaziladi.

Sport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida so‘nggi 2 yilda sport infratuzilmasi yaxshi rivojlanmagan, olis va chekka hududlarda joylashgan mahallalarda mingga yaqin namunaviy tipdagi sport maydonchalari barpo etildi.

Hozirda 397 ta mahallaga sport maydonchalari qurilishi uchun yer maydoni ajratilib, ulardan 370 tasida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilda 280 ta sport maydonchalari qurib foydalanishga topshirildi, yil yakunigacha ular soni 400 taga yetkaziladi.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi rivojlantirish dasturida sportga oid 460 milliard so‘mlik 48 ta sport obyektlarida qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash belgilangan bo‘lib, dastur doirasida 297 milliard so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 309 milliard so‘m mablag‘lar o‘zlashtirildi.

Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish yo‘nalishida Milliy terma jamoalar aʼzolari 2022 yildagi 7 502 nafardan 9 146 nafarga yetkazildi.

Olimpiya sport turlari bo‘yicha xalqaro hamda kompleks musobaqalarda sportchilarimiz tomonidan 986 ta, shundan 274 ta oltin, 298 ta kumush va 414 ta bronza medallar qo‘lga kiritildi.

Hozirda 2025 yilda yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarini Toshkent shahrida tashkil etish va o‘tkazish maqsadida keng miqyosdagi tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110605 | Инструменты