10 barobar o‘sish, 600 ming xonadon va "eskrou" islohoti: O‘zbekiston uy-joy bozori qanday transformatsiya qilinmoqda?

So‘nggi 10 yil ichida mamlakatda qurilish ishlari hajmi o‘n barobardan ziyod o‘sib, soha iqtisodiyotning asosiy drayverlaridan biriga aylandi. Ushbu davrda erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:

Uy-joy fondining kengayishi. Jami 12 mingta ko‘p qavatli uy qurilib, 600 mingdan ortiq xonadon foydalanishga topshirildi. Natijada aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan uy-joy maydoni 19,2 kvadrat metrdan oshdi.

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lami. O‘tgan yillar davomida yarim milliondan ortiq fuqarolarga uy-joy xarid qilish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari va davlat budjetidan subsidiyalar ajratildi.

Bandlik va sanoat o‘sishi. Qurilish sur’atlarining oshishi qurilish materiallari sanoatiga kuchli turtki berdi va bugungi kunda ushbu tarmoqda 3,5 millionga yaqin aholi bandligi ta’minlangan.

2026-yilgi uy-joy dasturi va 9 oylik yakunlar

1-oktabr holatiga ko'ra, yillik rejaning 48,4 foizi bajarilib, 67 859 ta kvartira foydalanishga topshirildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13 683 taga yoki 25,2 foizga ko‘pdir. Yillik rejani to‘liq bajarish maqsadida to‘rtinchi chorakda yana 72 347 ta xonadonni foydalanishga topshirish ishlari jadal davom etmoqda.

Uy-joy qurilishida sifat va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek, fuqarolar mablag‘larini himoya qilish maqsadida 2026-yildan bir qator yangi tartiblar joriy etildi. Jumladan:

Eskrou tizimi va raqamlashtirish. Ulushdorlarning mablag‘larini himoyalash uchun eskrou hisobvaraqlari hamda barcha jarayonlarni nazorat qiluvchi yagona "Uy-joy" elektron platformasi ishga tushirildi.

Renovatsiya va kompleks qurilish. Eski uy-joy fondini yangilash maqsadida renovatsiya dasturlari kengaytirilmoqda hamda yer uchastkalarida kompleks qurilish mexanizmlari asosida "tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi tatbiq etildi.

Uzoq muddatli maqsadlar. 2040-yilga borib mamlakatda yillik uy-joy qurilishi hajmini hozirgi 140 mingtadan 280 ming xonadongacha oshirish strategik vazifa etib belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111218 | Инструменты