Ma’lum qilinishicha, saylovda jahonning 95 ta milliy boks federatsiyasi vakillari ishtirok etgan. Ovoz berish jarayonida Mirshohid Tillaboyev o'z raqiblaridan sezilarli darajada ko'p ovoz to'plagan.
O'zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi Mirshohid Tillaboyev World Boxing xalqaro tashkiloti vitse-prezidenti etib saylandi. U Panamada bo'lib o'tgan tashkilot kongressida o'tkazilgan saylovda katta ustunlik bilan g'alaba qozondi. Bu haqda O'zbekiston Sport vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, saylovda jahonning 95 ta milliy boks federatsiyasi vakillari ishtirok etgan. Ovoz berish jarayonida Mirshohid Tillaboyev o'z raqiblaridan sezilarli darajada ko'p ovoz to'plagan.
Qayd etish joizki, mazkur tayinlov O'zbekiston vakilining xalqaro boks boshqaruvidagi nufuzini oshirish bilan birga, mamlakat boks maktabining jahon miqyosidagi mavqeini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun, Mirshohid Tillaboyev O'zbekiston boks federatsiyasi bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112114 | Инструменты