Huawei 1
O‘zbekiston sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatini 7 ta medal bilan tamomladi

Sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonda o‘tgan Osiyo chempionatini 7 ta medal — 2 ta kumush va 5 ta bronza bilan tugatdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Sovrindorlar ro‘yxati

Kumush:

  • -86 kg: Javrail Shapiyev (erkin kurash)
  • -92 kg: Sherzod Poyonov (erkin kurash)

Bronza:

  • -79 kg: Asomiddin Hasanov (erkin kurash)
  • -72 kg: Abdullo Aliyev (yunon-rum kurashi)
  • -77 kg: Doniyorxon Nabikov (yunon-rum kurashi)
  • -82 kg: Muhammadqodir Rasulov (yunon-rum kurashi)
  • -87 kg: Rahimjon Uzoqov (yunon-rum kurashi).

Ma’lumot uchun, 19−21-aprel kunlari Bishkekda Parij-2024 litsenzion turniri bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham Olimpiada yo‘llanmalari uchun kurash olib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga