Prezidentning tegishli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxirovich Siradjev O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Obid Arzikulovich Xakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari hamda o‘rindoshlik asosida "Yangi O‘zbekiston" universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, tegishli farmon bilan Kamoliddin Karamiddinovich Mardonov Prezidentning iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100417 | Инструменты