Toshkentda noqonuniy qurilishlar haqida xabar berish uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi

Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahrining meʼmoriy qiyofasini saqlash, shaharsozlik normalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash va noqonuniy qurilishlarga chek qoʻyish maqsadida samarali jamoatchilik nazoratini tashkil qilish uchun “Noqonuniy qurilish” maxsus Telegram-bot dasturi ishga tushirildi.

Ushbu (@noqonuniy_qurilish_bot) Telegram-bot orqali poytaxtdagi noqonuniy qurilishlar haqida tezkor maʼlumot berish imkoniyati paydo boʻlmoqda.

"Agar Siz koʻp qavatli uylar yon-atrofi, sport maydonchalari, bolalar oʻyingohi, yashil hudud yoki boshqa jamoat joylarida noqonuniy qurilish obyektlariga guvoh boʻlsangiz, zudlik bilan yuqoridagi bot orqali xabar yoʻllashingizni soʻraymiz", - deyiladi Bosh prokuratura rasmiy bayonotida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 81922 | Инструменты