Toshkentda 18 yoshli talaba noqonuniy kriptoaktivlar oldi-sotdisi bilan shug‘ullangani aniqlandi

Toshkent shahrida noqonuniy kriptoaktivlar aylanmasi bilan shug‘ullanib kelgan talaba ushlandi. Bu haqda DXX ma’lum qildi.

Xodimlar va Toshkent shahar IIBB o‘tkazgan tezkor-qidiruvda Toshkent tumanida yashovchi, 2008-yilda tug‘ilgan fuqaroning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, u 2025-yilning dekabr oyidan 2026-yilning oktyabr oyiga qadar tegishli litsenziyasiz “Bitget” kriptobirjasi platformasida faoliyat yuritgan. Ushbu davr mobaynida tranzaksiyalar orqali 64 715 USDT miqdoridagi kriptoaktivlar oldi-sotdisini amalga oshirgan.

Shuningdek, ushbu shaxs Telegram messenjerida 140 ta xorijiy davlatlarning virtual telefon raqamlarini sotish bilan shug‘ullanib kelgani aniqlangan. Uning kriptohamyonida 450 USDT borligi qayd etilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102815 | Инструменты