Unga ko‘ra, shu yil oktyabr – dekabr oylarida tajriba-sinov tariqasida Pensiya jamg‘armasining quyidagi tuman (shahar) bo‘limlaridagi pensiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash hamda to‘lash bilan bog‘liq vazifalar hududiy boshqarmalarga o‘tkaziladi
Hukumat qarori bilan fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash bo‘yicha ixcham xizmat ko‘rsatish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari belgilandi.
Unga ko‘ra, shu yil oktyabr – dekabr oylarida tajriba-sinov tariqasida Pensiya jamg‘armasining quyidagi tuman (shahar) bo‘limlaridagi pensiya va boshqa to‘lovlarni tayinlash hamda to‘lash bilan bog‘liq vazifalar hududiy boshqarmalarga o‘tkaziladi:
Hududiy boshqarmalarda har bir tuman (shahar) uchun 3 kishidan iborat komissiya, tuman (shahar) bo‘limlarida esa fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyati tashkil etiladi.
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, quyidagi xizmatlar fuqaroning murojaatini talab etmagan holda proaktiv shaklda ko‘rsatiladi:
Komissiya ariza tushgandan keyin o‘n kun ichida tegishli qaror qabul qiladi. Pensiya jamg‘armasi bir oy muddatda O‘zbekistondan tashqarida bo‘lgan pensionerlarning pensiya to‘lovlarini olish huquqini tasdiqlashda “MyID” axborot tizimi orqali shaxsni tasdiqlash imkonini yaratadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102102 | Инструменты