Qayd qilinishicha, so‘nggi yillarda sovuq qurolni noqonuniy ravishda jamoat joylarida olib yurish holatlari keskin ko‘payib, bu holat jamoat xavfsizligi, fuqarolarning tinch hayoti va huquqiy tartibotga jiddiy tahdid solmoqda.
Qonun loyihasida bu kabi huquqbuzarliklarni takroran sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari qatʼiylashtirilmoqda. Shuningdek, oilaviy tazyiq va zo‘ravonlik jinoyatini sodir etgan shaxslarga qurol olish huquqini bermaslik hamda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarda mavjud qurollarni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha olib qo‘yish tartibini joriy etish belgilanyapti.
Taklif etilayotgan yana bir muhim o‘zgarish narkologik kasallikka chalingan shaxslarni davolash tartibi bilan bog‘liq bo‘lib, qonun loyihasida bir marta maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxs ham sud qarori bilan davolashga yuborilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi kelgusida huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, fuqarolarning hayoti va sog‘ligini yana-da samarali himoya qilishga qaratilgan.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91002 | Инструменты