AQSh Davlat departamenti Yevropa davlatlariga dezinformatsiyaga qarshi kurashda hamkorlikni to‘xtatish to‘g‘risida bildirishnoma yubordi. Bunga Rossiya tomonidan tarqatilgan dezinformatsiya ham kiradi.
AQSh Davlat departamenti Yevropa davlatlariga Rossiya, Xitoy va Eron tomonidan tarqalayotgan dezinformatsiyani aniqlash va fosh qilish imkonini beruvchi o‘zaro anglashuv memorandumlarini bekor qilish to‘g‘risida bildirishnoma yubordi, deb xabar berdi The Financial Times (FT) 9-sentabr, seshanba kuni Yevropaning uchta manbasiga tayanib.
Memorandumlar sobiq prezident Jo Bayden maʼmuriyati ostida imzolangan va Davlat departamenti agentligi boʻlgan Global Engagement Center (GEC) boshchiligidagi tashabbusning bir qismi boʻlgan.
"Bir tomonlama qurolsizlanish akti"
Markazni 2024-yil dekabrigacha boshqargan Jeyms Rubin memorandumlarning bekor qilinishini Rossiya va Xitoy bilan axborot urushida “bir tomonlama qurolsizlanish akti” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjatlar Yevropa va Afrikaning 22 ga yaqin davlati tomonidan imzolangan.
Global Engagement Center 2011-yilda internetda terrorchilik tashviqoti va zo‘ravon ekstremizmga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan. Keyinchalik uning missiyasi chet eldagi dezinformatsion kampaniyalarni kuzatish va fosh qilish uchun kengaytirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91002 | Инструменты