O‘zbekiston oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosarlari Shaxrux Daliyev, Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident 9 sentyabrdagi yig‘ilishda maʼlum qildi.
Shuningdek, prezident farmoni va qarori bilan Prezident administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.
«To‘g‘ri, maktabgacha va maktab taʼlimida o‘zgarishlar bo‘lyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy taʼlimga masʼul mutasaddilar haligacha taʼlimdagi islohotlar mazmunini to‘liq tushunib yetgani yo‘q», — dedi davlat rahbari.
Endilikda maktabgacha va maktab taʼlimi hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirlari, ularning o‘rinbosarlari, hokimlar preventiv va proaktiv ishlashga o‘tib, taʼlimning barcha yo‘nalishlarida katta o‘zgarish qilishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91002 | Инструменты