Sirkka yangi hayot beriladi: O‘zbek davlat sirki 2,5 ming o‘rinli ko‘rgazma va madaniy-tomosha maydoniga aylantiriladi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Jamoatchilik kengashi a'zolari bilan birgalikda O‘zbek Davlat Sirkiga borib, uning holati, infratuzilmasi hamda rivojlantirish imkoniyatlarini o‘rgandi.

Unda sirk faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish va ob’yektning sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.Xususan, 2,5 ming o‘ringa mo‘ljallangan doimiy ko‘rgazma va madaniy-tomosha maydonini tashkil etish, sirk atrofidagi infratuzilmani yaxshilash, turistlar uchun muhit yaratish va shu orqali turizm oqimini ko‘paytirish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, binoda zamonaviy ventilyatsiya va isitish tizimlarini joriy etiladi, tomdan yomg‘ir o‘tishining oldi olinadi. 

Eng muhimi, sirkni rivojlantirish bo‘yicha kompleks texnik-iqtisodiy biznes-reja ishlab chiqish uchun Rossiya, Xitoy va Fransiyadan xorijiy konsalting kompaniyalar jalb etiladi.Ob’yektda amalga oshiriladigan barcha o‘zgarish va ta’mirlash ishlari madaniy merosni muhofaza qilish talablari asosida, tegishli tartibda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda qilinadi.

Tashabbuslarni amalga oshirish natijasida sirkni nafaqat zamonaviy madaniy maskan, balki tadbirkorlik, ko‘rgazma, ko‘ngilochar xizmatlar va turizmni birlashtirgan yirik jozibador maydonga aylantirish maqsad qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91512 | Инструменты