Saida Mirziyoyeva: Biz Toshkentni yanada qulay, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida bo‘lgan biznes vakillariga ko‘maklashamiz

Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi ekologiya va shaharsozlik bilan bog'liq muammolarni jiddiy baholab, ularni tahlil qilish borasida yig'ilish o'tkazdi. Unda qator yirik me’moriy loyihalar tashabbuskorlari, mustaqil mutaxassislar va urbanistlar, yetakchi ixtisoslashgan ijodiy studiyalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari qatnashdi

Mirziyoyeva ushbu soha vakillari bilan yechim topilishi kerak bo'lgan masalalar talayligini aytmoqda. Xususan, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlar zimmasiga katta yuk tushayotganidan tortib, elektr hamda suv ta’minoti muammolarigacha. 

Yig'ilishda yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerakligi ta'kidlandi.

"Oldimizda turgan maqsadlar ulkan, biz Toshkentni har bir yurtdoshimiz hamda shahrimiz mehmonlari uchun yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida bo‘lgan biznes vakillariga ko‘maklashamiz. Aynan shunday yondashuv Yangi O‘zbekiston siyosatiga to‘la mos keladi. Chunki bunday tashabbuskor biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — Prezidentimiz tomonidan zimmamizga yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biridir",-deya yozadi u o'z Telegram kanalida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91512 | Инструменты