14-18-sentyabr: Hafta davomida biroz iliq havo kuzatiladi

Ushbu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha biroz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet” matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, havo harorati sentyabr oyi o‘rtasiga xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqin bo‘lib, kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 28-33 daraja, janubda 35-37 darajagacha bo‘ladi.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida 16-sentyabr, chorshanba kuni biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 16-sentyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 14–17-sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Toshkentda 14–18-sentyabr kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 15-18 daraja, kunduz kunlari 30-33 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91515 | Инструменты