Sergelidagi sport maktablari buzilmaydi – Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Yoshlar siyosati va sport vazirligining Sport maktablari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Isomiddin Po‘latovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, prezidentning tegishli qarori bilan Sergeli tumanidagi sobiq 2-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi negizida Yangihayot tumani sport maktabi tashkil etilgan. 

“Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan Yangihayot tumanidagi Xushnud mahallasida sport maktabi binosi qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ushbu bino davlat qabul hay’atining 2022-yil 12-dekabrdagi dalolatnomasi hamda Toshkent shahar hokimining 2023-yil 13-yanvardagi qarori asosida foydalanishga qabul qilingan. Mana shu hujjatlarga muvofiq Yangihayot tumanida qurilib, foydalanishga topshirilgan sport maktabi 17 fevral kuni Sergelidagi maktabga ko‘chirildi, balansdan balansga o‘tkazildi”, – deydi vazirlik xodimi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Yangihayot tumanidagi yangi sport maktabida sport mashg‘ulotlari olib borilmoqda. 

Mazkur maktabning avvalgi binosi esa Sergelidagi katta sport maktabi balansiga o‘tkazilib, u yerda ham to‘garak mashg‘ulotlari davom ettirilyapti.  

Ma’lumot uchun, hozirda Sergelidagi sport maktablarida 1 243 nafar, Yangihayotdagisida esa 839 nafar bola shug‘ullanib kelmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30604 | Инструменты