Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga fuqarolardan xonadon xarid qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma talablariga muvofiq o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lishlariga qaramasdan, ayrim tadbirkorlik subyektlari (quruvchi tashkilotlar) tomonidan belgilangan muddatlarda xonadonlarni topshirish majburiyatlari bajarilmayotgani yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan.
Shikoyatlar asosida qonunbuzilish holatlari bo‘yicha sud organlariga jami 32 nafar isteʼmolchi manfaatida 11 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni undirish haqida daʼvo arizalari kiritilgan.
Natijada “GLAMUR GOLD”, “TRANSPORT FREE GROUP”, “LUCKY TECHNICAL”, “BROCCOLI PLUS”, “NUR” MCHJlarga nisbatan 16 nafar isteʼmolchi foydasiga jami 6,7 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarorlari qabul qilingan.
Ayni paytda qolgan isteʼmolchilarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan sud ishlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda, deyiladi qo‘mita bildirishnomasida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122516 | Инструменты